O‘zbekiston | 20:20 / 21.02.2019
165997
1 daqiqa o‘qiladi
Manba: Oliy sud raisi o‘rinbosari hibsga olindi
Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekiston Oliy sud raisi o‘rinbosari - Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi Bahodir Akbaraliyevich Dehqonov o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga vaziyatdan xabardor manba tasdiqladi.
Ayni vaqtda uning hibs qilinishi sabablari haqida ma'lumotlar yo‘q.
Muqaddam Andijon va Samarqand viloyatlarida prokuror, keyinroq, 2016-2017 yillarda Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov 2017 yilning 27 may kuni besh yil muddatga Oliy sudi raisining o‘rinbosari – Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga saylangandi.