Jahon | 09:01 / 21.02.2019
12554
1 daqiqa o‘qiladi

Zimbabve dollardan qutulishga qaror qildi

Foto: AP

Zimbabve markaziy banki banklarda saqlanayotgan raqamli dollarlar, shuningdek, AQSh dollari bilan bog‘langan surrogat (sun'iy) valuta bundan keyin Amerika dollariga 1: 1 nisbatda savdo qilinmaydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

Shuningdek, gazetadan ta'kidlashlaricha, Zimbabve «aslida» yangi valutani joriy qilmoqda. Markaziy bank rahbari Jon Mangudyaning aniqlik kiritishicha, elektron dollarlar hamda surrogat valuta RTGS (Real Time Gross Settlement, «Real vaqtda yalpi hisob-kitoblar») deb nomlanadi va yangi banklararo valuta bozorida sotiladi.

Mangudyaning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Zimbabveda AQSh dollari tugab borayotgani bilan bog‘liq, ular qora bozorda 300-400 foiz farq bilan sotilmoqda.

Mavzuga oid