Jahon | 10:13 / 23.02.2019
15158
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh bir nechta davlatda hokimiyatni o‘zgartirishga umid qilmoqda

Foto: Tamas Kaszas / Reuters

Vashington nafaqat Venesuelada, balki Nikaragua va Kubada ham hokimiyatni almashtirishni ko‘zlamoqda, deb aytdi AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo. 

Uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati “nodemokratik tuzumlar”ni o‘zgartirishga qaratilgan ishni davom ettiradi. 

“Ma'muriyat buni nafaqat Venesuelada, balki, albatta, Nikaragua va Kubada ham amalga oshirmoqda va buni davom ettiradi. Xalqlar bu harakatlarni o‘z zimmalariga olishlari kerak va ular ham buni qilish istagidalar. Amerika xalqi esa ularni qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytgan Pompeo Tolemundo telekanaliga bergan intervyusida.  

Jurnalistlar Venesueladagi voqealardan keyin AQSh Lotin Amerikasining boshqa davlatlarida ham tuzumlar o‘zgarishiga umid qilayotgani yoki yo‘qligi haqida qiziqishgan.

“Umid qilamanki, bu davlatlarning fuqarolari ularga suqishtirilgan avtoritarizm zulmini zaruriy deb hisoblashmaydi va yaxshiroq siyosiy qarorga erishish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirishadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Pompeo.

20 fevralda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Nikaragua prezidenti Daniel Ortega hokimiyati yaqin orada poyoniga yetishini aytgan. Uning aytishicha, AQShda Orteganing “kunlari bitgan va xalq yaqin orada ozod bo‘ladi” deb hisoblanmoqda.

Mavzuga oid