Jahon | 20:23 / 25.02.2019
21167
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko prezidentlikdan so‘ng nima bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini aytdi

Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko prezidentlik muddati tugaganidan so‘ng o‘zi uchun «bitta munosib ish» borligini aytdi. Uning so‘zlarini Ukrinform agentligi keltirmoqda.

«Prezidentlik muddati yoki muddatlari tugaganidan so‘ng men uchun o‘zim orzu qilgan bir munosib ish bor — Ukrainaning Yevropa parlamentidagi deputati bo‘lish», — dedi Poroshenko.

Shu bilan birga Ukraina prezidenti unga bunday vakolat faqatgina Yevropa ittifoqiga a'zo davlat berishi mumkinligini eslatib o‘tdi. 

Avvalroq Poroshenko prezident saylovi halol va shaffof bo‘lib o‘tishiga kafolat berishini bildirgandi.

Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. Prezident lavozimiga rekord miqdorda – 44 nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda.

Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, prezident saylovi reytingida nomzod Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Yuliya Timoshenko va Pyotr Poroshenko bormoqda.

Mavzuga oid