Dunyodagi eng boy odamlardan biri saratonga chalindi
Las Vegas Sands Corp bosh ijrochi direktori va dunyodagi eng boy odamlardan biri, 85 yoshli Sheldon Adelson saraton kasalligiga chalingan. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u allaqachon tegishli davolanish jarayonini boshlab yuborgan.
Agentlikdan aniqlik kiritilishicha, tahlilchilar va investorlar bilan telefon orqali konferensiyani o‘tkazib yuborganidan so‘ng, kompaniyada Adelsonning salomatligi bilan bog‘liq muammolar borligini payqashgan.
«Bu dori vositalari qabul qilinishi tufayli yuzaga kelgan salbiy asoratlar bo‘lib, ular uning safar qilish va muntazam tarzda ishlash imkoniyatlarini cheklaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi kompaniya vakili.
Qayd etilishicha, milliarder Respublikachilar partiyasining homiylaridan biri hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: Sheldon Adelson 1933 yil 6 avgustda tug‘ilgan, asli kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan amerikalik tadbirkor. 2014 yil ma'lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 38 milliard dollarga baholanadi.
Mavzuga oid
14:42 / 05.12.2024
Ifloslangan shahar havosi saraton keltirib chiqarishi aniqlandi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024