Sport | 08:41 / 01.03.2019
7876
2 daqiqa o‘qiladi

«Valensiya» Ispaniya kubogi finaliga chiqdi

Foto: Valencia CF

«Valensiya» Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida «Betis»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va finalda «Barselona»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. «Betis» maydonidagi dastlabki bahs 2:2 hisobida yakun topgandi.

«Mestalya»dagi o‘yin taqdirini 56-daqiqada Rodrigo tomonidan urilgan yagona gol hal etdi. Unga birinchi o‘yinning 90+2-daqiqasida gol urib, jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Kevin Gameyro assistentlik qildi.

Final o‘yini 25 may kuni Sevilyadagi «Benito Villamarin» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, «Barselona» 40 marta Ispaniya kubogi finaligacha yetib borgan bo‘lib, ularning 30tasida qo‘li baland kelgan. «Valensiya» esa hal qiluvchi bahsda 16 marta maydonga tushib, ularning 7tasini o‘z foydasiga hal etgan. Valensiyaliklar oxirgi marta 2008 yilda mamlakat kubogi finalida o‘ynashgandi.

Ispaniya kubogi
1/2 final, javob uchrashuvi
Valensiya – Betis 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 56 Rodrigo.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Gayya, Pichchini, Ronkalya, Vass (Soler, 75), Parexo, Koklen, Gedesh, Gameyro (Diakabi, 85), Rodrigo (Cheryshev, 68).
Betis – Robles, Sidney (Feddal, 84), Mandi, Bartra, Lo Chelso, Kanales, Guardado (Telo, 79), Vilyam Karvalyu, Xese, Gerrero (Moron, 65), Sanches.
Birinchi o‘yin: 2:2

 

Mavzuga oid