O‘zbekiston | 10:26 / 02.03.2019
38575
9 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripovning yangi maslahatchisi nimalar bilan shug‘ullanishi ma'lum bo‘ldi

Abrol Vahobov

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziriga hisobot beradi.

Bosh vazir maslahatchisining faoliyati qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat sanoatini, savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish masalalarini hal etish bo‘yicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi hamda tayyorlanishini ta'minlashga yo‘naltirilgan.

Bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a'zosi hisoblanadi. Bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

Bosh vazir maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Bosh vazir maslahatchisi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga bevosita rahbarlik qiladi va Kotibiyat mudiri mutaxassislarining ishini tashkil qiladi.

Quyidagilar bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini o‘rganish, agrar hamda oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta'minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;

xususan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga doir optimal qarorlar ishlab chiqish, agrar sohada innovatsion texnologiyalarni, qishloq xo‘jaligi ekinlarining intensiv hamda yuqori hosildor navlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish za joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirish orqali agrar va oziq-ovqat sohalarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmasi tizimini takomillashtirish va mamlakat aholisiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni tashkil etish yo‘li bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas'uliyatini oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasidan kelib chiqadigan agrar va oziq-ovqat sohasiga taalluqli masalalar bo‘yicha tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun har chorakda tahliliy materiallar tayyorlash;

hukumatning, kotibiyatga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta'minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda amalga oshirilishini monitoring qilish;

bosh vazir maslahatchisi vakolatiga kiritilgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta'minlash;

agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari", yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;

kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishini doimiy va tizimli asosda har tomonlama, tanqidiy tahlil qilishni, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishni hamda kompleks vazifalar amalga oshirilishini ta'minlash;

kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta'minlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;

kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sub'yektlarga berish orqali ortiqcha ma'muriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;

agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini taminlash;

kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalarini, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish masalalarini tayyorlash hamda ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish. zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta'minlash:

kotibiyat kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni ta'minlash.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilangandi.

Ma'lumot uchun: 2019 yilning 22 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Abrol Vahobov bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Mavzuga oid