Fan-texnika | 23:22 / 04.03.2019
7547
1 daqiqa o‘qiladi

Volvo o‘z mashinalarida maksimal tezlikni cheklaydi 

Foto: 3dnews

Volvo kompaniyasi mashinada xavfsiz yurishni ta'minlash bo‘yicha yangi strategiyani ishlab chiqdi. Kompaniya bu strategiya davomida o‘z avtomobillari maksimal tezligini 180 km/soatgacha cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya saytida ta'kidlab o‘tilgan.  

Ushbu cheklov 2020 yildan boshlab chiqariladigan avtomobil modellariga taalluqli bo‘ladi.

Statistikaga ko‘ra, tezlikni oshirish jiddiy yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Shu sababli 2020 yildan boshlab kompaniyaning barcha avtomobillarida haydovchi tezlikni belgilangan limitdan oshira olmaydi.

Bundan tashqari, yangi modellarga xavfsizlikni va avtopilotda yurishni ta'minlash texnologiyalarini tatbiq qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, kompaniya avtomobilning tezligini muayyan hududlarda avtomatik kamaytiradigan tizimni ishlab chiqish imkoniyatini o‘rganmoqda. 

Mavzuga oid