Jahon | 14:53 / 05.03.2019
9337
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko KXShTda “nosog‘lom vaziyat” yuzaga kelganini aytdi

Foto: Mixail Metsel/TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)da nosog‘lom vaziyat paydo bo‘lgan, deb hisoblamoqda.

"Ayni paytda KXShTda nosog‘lom vaziyat yuzaga kelgan. Hech bo‘lmasa oddiygina masala – bosh kotib tayinlanishini olaylik", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sputnik Belarus.

Eslatib o‘tamiz, ilgari KXShT bosh kotibi bo‘lgan Armaniston vakili Yuriy Xachaturov lavozimidan ozod etilgandi. Yerevan KXShTga a'zo davlatlarga tashkilot bosh kotibini almashtirish jarayonini boshlashni taklif qilgan.

O‘tgan yili KXShTga a'zo davlatlarning Ostona shahridagi uchrashuvida tashkilotning yangi bosh kotibi tasdiqlanmagandi. 

KXShTga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kiradi.

Mavzuga oid