Jahon | 14:22 / 07.03.2019
9646
1 daqiqa o‘qiladi

Guaydo Yevropani Venesuelaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

Foto: REUTERS

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Yevropani Karakasga qarshi moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda Spiegel yozmoqda.

Guaydoning fikriga ko‘ra, Yevropa davlatlari Venesuelaga nisbatan sanksiya cheklovlarini kuchaytirishi kerak.

«Xalqaro hamjamiyat venesuelaliklarning pullari rejim tanqidchilari va mahalliy xalqlar vakillarini yo‘q qilish uchun ishlatiladigan vaziyatga yo‘l qo‘ymasligi lozim», - dedi Guaydo.

Uning tushuntirishicha, Venesuela xalqi hozirning o‘zidayoq aziyat chekmoqda, sanksiyalar joriy etilishi bilan bu ahvol uncha jiddiy tarzda o‘zgarmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuela bilan munosabatlar uchun uchinchi davlatlarga sanksiyalar va'da qilgandi.

Mavzuga oid