O‘zbek olimlari qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun yangi preparat o‘ylab topishdi
Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan parrandachilikda qo‘llaniladigan yangi mahalliy estrogen fitopreparati – Kufestrol preparati yaratildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar tarqatdi.
«Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlar yaxshi biladigan Sinestrol preparatidan farqli ravishda, Kufestrol genetik buzilishlarga, parrandalarning keyingi avlodlarida bepushtlikka olib kelmaydi. Go‘sht mahsulotlari termik qayta ishlanganda, ya'ni pishirilganda u parchalanib ketadi, preparatni uzoq muddat davomida qabul qilgan parrandalarning tuxumi va go‘shtida yig‘ilib qolish xususiyatiga ega emas», — deyiladi vazirlik axborotida.
Ma'lum qilinishicha, mazkur loyihaning iqtisodiy foydasi 1 tonna yemga 1 gramm preparat solish bilan qiyoslanmoqda. Preparat tovuqlarning tuxum berishini 18 foizga oshirishi aytilmoqda.
Ta'kidlanishicha, litsenziya shartnomalarini tuzish yo‘li orqali 11ta innovatsion ishlanma shu paytgacha tijoratlashtirilgan bo‘lib, bunda investorlarga intellektual mulk egalik huquqi berilgan. Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot muassasalariga sotilgan mahsulotning 10-15 foizi daromad sifatida tushib turadi.
Hozirgacha vazirlik tomonidan 400 ta tashabbus bo‘yicha g‘oyalar banki shakllantirilgan bo‘lib, ulardan 119 tasi tegishli vazirlik va muassasalarga hamkorlikda o‘rganib chiqish uchun yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024