O‘zbekiston elchisi BAA vitse-prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV xabariga ko‘ra, marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zining chuqur hurmatini izhor etgan va O‘zbekistonning BAA rahbariyati va xalqi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Ta'kidlanganidek, Amirliklar hukumati ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zaro munosabatlarni tizimli va foydali asosda rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
09:25
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘ladi
13:18 / 08.01.2025
BAA Isroil va AQSh bilan G‘azo sektoridagi boshqaruvni muhokama qildi
22:42 / 04.01.2025
SpaceX BAAga tegishli sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
00:00 / 02.01.2025