Sport | 10:26 / 10.03.2019
17758
1 daqiqa o‘qiladi

Konor Makgregor jamoat ishlarini bajardi

Foto: Getty Images

UFC’ning sobiq chempioni, irlandiyalik jangchi Konor Makgregor UFC 223 musobaqasi oldidan yakkakurash jangchilari ketayotgan avtobusga hujum qilishi ishi bo‘yicha Bruklin sudi chiqargan jazo hukmiga binoan Bruklindagi ikki cherkovda jamoat ishlarini bajarishga jalb qilindi. Bu haqda MMAJunkie nashri ma'lum qildi. 

Sportchi cherkovlarda 5 kun mehnat qilgan. Taniqli sportchining ish sharoiti muxlislari va matbuot tomonidan ortiqcha e'tibor jalb qilmaydigan qilib tashkillashtirilgan.

Jamoat ishlaridan tashqari, ruhoniy Makgregor bilan suhbat o‘tkazgan.

Irlandiyalik jangchi jamoasining 20 a'zosi bilan 2018 yil aprelda UFC223 ishtirokchilari avtobusiga hujum qilgan. Sud bu ish bo‘yicha unga jamoat ishlarida 5 kun mehnat qilish hukmini chiqargan. 

 

Mavzuga oid