Jahon | 14:51 / 11.03.2019
3902
1 daqiqa o‘qiladi

Nissan va Renault Karlos Gon tufayli qo‘shma korxonani yopishi mumkin

Foto: REUTERS/Christian Hartmann

Nissan va Renault Niderlandiyadagi qo‘shma korxonani yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Kiodo» manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu qaror moliyaviy firibgarliklarda ayblangan, Nissan sobiq rahbari Karlos Gonning ishi bilan bog‘liq.

Ta'kidlanishicha, gap Nissan - Renault B. V.’ning Niderlandiyadagi qo‘shma korxonasi haqida ketmoqda.

Bundan oldin, Karlos Gon garov puli evaziga ozodlikka chiqqandi.

Tokio okrug sudi Nissan sobiq rahbari Karlos Gonni garov puli evaziga ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Gonning ozod qilinishi uchun garov puli miqdori 1 milliard iyenani tashkil qiladi (deyarli 9 million dollar).

Mavzuga oid