Jahon | 23:15 / 11.03.2019
13474
2 daqiqa o‘qiladi

Televizordan voz kechish va to‘yimli nonushta sog‘liq garovi ekanligi aytildi

Foto: William J Sisti / Wikipedia

Afina milliy universiteti olimlarining ta'kidlashicha, sog‘lom bo‘lish uchun muntazam ravishda nonushta qilish va televizor ko‘rmaslik lozim. Bunday rejim qon tomirlari elastikligini saqlab qoladi va arteriyalarda cho‘kindilar paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi. Buning natijasida yurak-tomir kasalliklari rivojlanishi imkoniyati kamayadi.

40-99 yoshli ko‘ngillilar jalb qilingan holda o‘tkazilgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, agar odam televizorni haftasiga 21 soatdan ko‘proq ko‘rgan bo‘lsa, uning arteriyalarida yog‘ qatlamlari hosil bo‘lishi imkoniyati 7 soat ko‘rgan odamnikidan 2 barobar ko‘proq bo‘lar ekan. Bu esa kam harakat turmush tarzi xavfli ekanini yaqqol ko‘rsatadi.  

Tadqiqot, shuningdek yuqori energetik nonushta (pishloq, non, tuxum, yorma) iste'mol qilish nonushtadan umuman voz kechish yoki yengil nonushta qilishga nisbatan sog‘lom tomirlar bilan bog‘liq bo‘lganinini ko‘rasatgan.

Mavzuga oid