OAV: konservatorlar Mey Brexit evaziga iste'foga chiqishini xohlashyapti
Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning atrofidagi manbalardan olingan ma'lumotga ko‘ra, agar u yevroskeptiklar guruhiga kiruvchi konservativ partiyadoshlari qo‘llab-quvvatloviga erishmoqchi bo‘lsa, o‘z lavozimini muddatidan avval tark etishi kerak. Bu haqda The Telegraph yozmoqda.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, Yevroittifoq (YeI) bilan kelishuv loyihasi bo‘yicha ikkinchi ovoz berish jarayoni muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Meyni hukumatning faqat ikki nafar a'zosi qo‘llab-quvvatlamoqda. Bosh vazir o‘z vorisi YeI bilan muzokaralar yangi bosqichini boshlashi uchun ketishi kerak.
Aniqlik kiritilishicha, bosh vazir may yoki iyul oyida o‘z lavozimini tark etishi lozim.
Bundan oldin, Britaniya parlamenti Meyning Brexit bo‘yicha kelishuvini rad etgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021