Sport | 17:12 / 16.03.2019
18638
2 daqiqa o‘qiladi

Oksana Chusovitina Bokudagi jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi

Foto: Blackwell/AP

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun reglamentga belgilanganidek, ayollar o‘rtasida tayanib sakrash bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Eng kuchli 8 nafar sportchi orasida bahs olib borgan vakilamiz Oksana Chusovitina joriy turnirdan ham medal bilan qaytadigan bo‘ldi. Sportchimizning ijrosini hakamlar hay'ati 14,450 ball bilan baholashdi.

Finalchilar orasida faqatgina amerikalik Jyeyd Keri Chusovitinaning natijasini yaxshilay oldi xolos. Shu tariqa Chusovitina musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritmoqda. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan meksikalik Aleksa Moreno joy oldi.

Sport gimnastikasi. Jahon kubogi. 
Ayollar, tayanib sakrash
1. Jyeyd Keri (AQSh) – 14,766
2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14,450
3. Aleksa Moreno (Meksika) – 14,249

Vakilimiz endi 20-23 mart kunlari Doxada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon kubogi bosqichiga yo‘l oladi. Yangi reglamentga ko‘ra, aynan ushbu musobaqalar Tokio-2020 Olimpiadasi kvalifikatsiyasining bosqichlari hisoblanadi.

Mavzuga oid