Jahon | 14:19 / 16.03.2019
12820
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp birinchi marta kongress qaroriga veto qo‘ydi

Foto: REUTERS/Jonathan Ernst

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish uchun o‘zi tomonidan joriy etilgan favqulodda holatni yakunlash to‘g‘risidagi kongress rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi.

Tramp birinchi marta o‘zining veto huquqidan foydalangan.

Vetoni chetlab o‘tish uchun prezident raqiblariga vakillar palatasi va senat a'zolarining uchdan ikki qismi ovozi kerak. The Hill va Reuters’ning yozishicha, ular bunchalik ko‘p ovozlarni to‘plashi ehtimoldan ancha yiroq.

Donald Tramp devor qurilishi uchun budjetdan besh milliard dollar ajratish to‘g‘risidagi qarorga erisha olmaganidan so‘ng favqulodda holat joriy etdi. Budjetning bunday variantini tasdiqlashdan bosh tortgan demokratlar bilan uning bahsi AQSh tarixida hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha eng katta uzilishga olib keldi. 

Meksika bilan chegarada devor qurish - Donald Trampning saylovoldi kampaniyasidagi eng mashhur va'dalaridan biri.

Mavzuga oid