Jahon | 08:53 / 19.03.2019
5853
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliya AQShga raketalarni o‘z kosmodromidan uchirishga ruxsat berdi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning tvitterda ma'lum qilishicha, Braziliya AQShga sun'iy yo‘ldoshlar va raketalarni o‘z kosmodromidan uchirishga ruxsat berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Braziliyaning Maranyan shtatidagi «Alkantara» markazidan tijoriy maqsadda foydalanish haqida ketmoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, markaz hududi Braziliyaning yurisdiksiyasi ostida bo‘ladi.
Bundan oldin, AQShning Braziliya bo‘yicha rejalari ma'lum bo‘lgandi.
Reuters’ning Braziliya hukumatidagi ikki manbaga asosan xabar berishicha, Amerika rasmiylari Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning Vashingtonga tashrifi chog‘ida Braziliyaga «NATOdan tashqaridagi eng asosiy ittifoqchi»ga (MNNA) aylanishni taklif etish niyatida.