Jahon | 16:48 / 19.03.2019
54123
2 daqiqa o‘qiladi

Rustam Imomali Toshkent shahar hokimiga taklifnoma yubordi

Foto: dushanbe.tj

Dushanbe shahar hokimi Rustam Imomali o‘tgan hafta oxirida Dushanbeda Navro‘z bayramini nishonlashda ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxtiga qardosh bo‘lgan dunyodagi 17ta shahar hokimiga taklifnoma yubordi, deb xabar qilmoqda «Aziya-Plyus» Dushanbe shahar ma'muriyatiga asosan.

Dushanbe shahar hokimining taklifnomasi quyidagi shaharlar rahbarlariga yuborildi: Lusaka (Zambiya), Sano (Yaman), Monastir (Tunis), Lahor (Pokiston), Klagenfurt (Avstriya), Boulder (AQSh), Roytlingen (Germaniya). Bundan tashqari: Mozori-Sharif (Afg‘oniston), Tehron (Eron), Sheroz (Eron), Sankt-Peterburg (Rossiya), Minsk (Belarus), Urumchi (Xitoy), Anqara (Turkiya), Syamen (Xitoy), Ashxobod (Turkmaniston) va Chindao (Xitoy).

Shuningdek, Rustam Imomali Moskva va Toshkent shahar ma'muriyatlariga taklifnoma jo‘natdi.

21 mart kuni Tojikiston tarixida ilk bor Navro‘z sharafiga bag‘ishlangan bayramona karnaval Dushanbe markaziy maydonida bo‘lib o‘tadi. 

Kutilishicha, unda butun mamlakatdan hunarmandlar, masxarabozlar, ijrochilar, raqqoslar ishtirok etadi - jami 26 ming kishi.

Shu kuni Dushanbedagi barcha madaniyat va istirohat bog‘lari hamda shahardagi mikrorayonlarda ommaviy sayillar bo‘lib o‘tadi. Shahar hokimligi konsertlar, ko‘rgazmalar, viktorinalar, musobaqalar tashkil etadi.

Mavzuga oid