Jamiyat | 15:30 / 25.03.2019
24289
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Xo‘jaobodda bahor tasvirlari

«Doim hayratlanish hissi bilan yashash zarur», deyishadi. Yurt kezsangiz, har kuni aqlni shoshiradigan joylarni ko‘p ko‘rish mumkin. 

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh tog‘li qishlog‘i bor. Imom ota qishlog‘ida yozning eng issiq kunida ham g‘ir-g‘ir shabada esadi. Tabiati esa alohida mavzu.

Mart oyi oxirida Farg‘onaning Quva va Beshariq tomonlarida bodom, o‘rik gulini to‘kkan bo‘lsa, amal 15 kun kech keladigan Imom otada ertaki mevalar mart oxirida oppoq bo‘lib gullaydi.

Yashil dasturxon yozgan tog‘lar bag‘rida bahorning ilk chechaklari bo‘lgan binafshalar ochilgan. Oppoq soqoli ko‘ksini bezab turgan Uzoqboy ota bilan o‘rikzorlar o‘rtasida samimiy, sodda suhbat qurdik.

Tabiat va insonlar uyg‘unlikda yashayotgan bokira, maftunkor tasvirlarni esa siz bilan baham ko‘rmoq niyati tug‘ildi. Maskanning o‘zgacha ko‘rinishini tomosha qilgani kelgan mehmonlar ham fotokamera obektiviga «mehmon bo‘lishdi».

Elmurod Ermatov va
Ahrorbek Yoqubjonov fotolari

Mavzuga oid