Jamiyat | 10:45 / 27.03.2019
8118
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotayotgan ayol jinoyat ustida ushlandi

Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Karmana tumanida o‘zining 3 haftalik chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

1981 yilda Nurota tumanida tug‘ilgan, turmushidan ajralgan F.A. shu yilning 4 mart kuni tug‘ilgan farzandi Mehriddinni qiziltepalik ayol D.J.ga 5 million so‘mga sotishga kelishgan. D.J.ning mazkur kelishuv yuzasidan Navoiy viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga yozgan arizasidan so‘ng F.A. jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid