Jamiyat | 13:11 / 27.03.2019
8745
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryodagi bozorda fuqaroni qaychi bilan jarohatlagan shaxs ushlandi

2019 yil 12 mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi A.K. Qumqo‘rg‘on tumani Boymoqli mahalla hududida joylashgan dehqon bozorida o‘zaro janjal oqibatida fuqaro O.M.ning qorniga qaychi bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.M. kasalxonaga yotqizilgan. A.K. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi axborotda. 

Mavzuga oid