Jahon | 17:33 / 29.03.2019
39788
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya ishchi kuchi taqchilligiga duch keldi

Foto: Yevgeniy Yegorov / Vedomosti

Xalqaro FinExpertiza auditorlik-konsalting kompaniyasi tadqiqotlari yakunida ayni paytda Rossiya mehnat bozorida bir millionga yaqin mutaxassis yetishmaydi, degan xulosaga keldi.  

«2019 yil boshida bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishchilarga bo‘lgan talab 967,8 ming kishini tashkil etdi», — deyiladi tadqiqotda.

Mehnat resurslari eng ko‘p yetishmasligi Moskvada kuzatilmoqda, bu yerda 2019 yil boshiga 148,2 ming mutaxassis talab qilingan, ikkinchi o‘rinda Moskva oblasti— 65,8 ming kishi, uchinchi o‘rinda Sankt-Peterburg - 61,4 ming kishi.

Eng ko‘p ishchi kuchi zarur bo‘lgan hududlar qatoridan shuningdek, Rostov oblasti (31,4 ming), Krasnodar o‘lkasi (30,9 ming), Sverdlovsk oblasti (26,1 ming), Krasnoyar o‘lkasi (22,5 ming), Primore o‘lkasi (20,6 ming), Nijyegorodsk oblasti (20,3 ming) va Chelyabinsk oblasti (19,8 ming) o‘rin olgan.

Rosstat ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar oyi oxirida rasmiy ishsizlik 4,9 foizni tashkil etgan.

Mavzuga oid