Sport | 18:26 / 02.04.2019
20001
1 daqiqa o‘qiladi

Ikrom Aliboyevning goli yarimfinalga chiqdi – unga ovoz bering

Foto: The AFC

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi saytida Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Chorakfinalda «Guanchjou Evergrand» yarimhimoyachisi Paulino va «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyevning gollari to‘qnash kelgan edi. Unda hamyurtimiz eng ko‘p ovoz to‘plab, yarimfinalga yo‘l oldi.

Endi Aliboyevning goli finalga chiqish uchun «Al-Ittihod» yarimhimoyachisi Saud Kaririyning 2010 yilda «Al-Vahda» darvozasiga urgan goli bilan bellashadi.   

Muxlislar ushbu havola orqali hamyurtimizning «Al-Vahda» darvozasiga maydon markazidan urgan goli uchun ovoz berishlari mumkin.

Mavzuga oid