Kulgi bir qator dori-darmonlarning o‘rnini bosishga qodirligi ma'lum qilindi
Shifokorlarning qayd qilishicha, agar sog‘lig‘ingizni asrashni istasangiz, ko‘proq kuling. Jumladan, kulgi immunitetni oshirish va qondagi shakar miqdorini kamaytirishga imkon beradi.
Rossiyalik shifokor-mutaxassis Andrey Tyajyelnikovning izoh berishicha, kulgining inson organizmiga ijobiy ta'sir qilishi ancha oldin isbotlangan. Misol uchun, tadqiqotlardan birida bir xil ovqatlanuvchi qand kasaliga ega bemorlarda qondagi shakar miqdori komedik filmlar tomosha qilgandan keyin pasaygan. Shuningdek, kulgi og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida ta'sir qiladi.
Shu ham ma'lumki, kulgi respirator kasalliklar vaqtida ijobiy samara beradi. Kulish vaqtida nafas olish uzunroq, nafas chiqarish esa qisqaroq, biroq jadalroq bo‘ladi. Bu esa o‘ziga xos nafas gimnastikasi hisoblanadi. Shuningdek, kulgi yurak urishi chastotasini kamaytiradi, tomirlarni kengaytiradi (gipertoniklar uchun foydali), immunoglobulin ishlab chiqilishini oshiradi, bu esa immunitetga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
20:23 / 23.11.2024
Qo‘rqinchli filmlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi - tadqiqot
15:28 / 07.10.2024
Olimlar infeksiyadan so‘ng immunitet pasayishiga sabab bo‘ladigan mexanizmni o‘rgandi
09:38 / 22.08.2024
Aholining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet bor - Sanepidqo‘mita
16:43 / 14.08.2024