Harbiy chempionlar bolalarga sovg‘a ulashdi
Bir ko‘ngilga shodlik ulashish – muqaddas Ka'bani obod qilish bilan barobar, degan mazmunda Navoiy bobomizning satrlarini bugun Qurolli Kuchlarimiz harbiy xizmatchilari o‘zlariga shior qilib, xayrli ishlarni davom ettirishyapti.
Mudofaa vazirligi sport klubining jahondagi nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz sha'nini munosib himoya qilib kelayotgan harbiy xizmatchilari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 30-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olib, ularga turli yoshdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan kitoblar jamlanmasi, sport anjomlarini esdalik sovg‘a sifatida ulashdi.
– Uchrashuvimiz bolajonlarda katta taassurot qoldirganidan mamnun bo‘ldik, – deydi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpia o‘yinlari g‘olibi va rekordchisi, leytenant Ruslan Nuriddinov. – Ularda kitob mutolaasiga qiziqishini, sport bilan muntazam shug‘ullanishni maqsad qilganini eshitib, ikki hissa shodlandik.
Bolajonlarning Vatan madhi, ota-ona, do‘stlik va sevgi-sadoqat haqida o‘qigan she'rlari chempionlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Yakunda bolajonlar o‘zlari muxlislik qiladigan sevimli sportchilari bilan esdalik uchun suratga tushishdi.
Mavzuga oid
18:10 / 24.12.2024
O‘zbekiston armiyasi uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish va ularga qarshi kurashishni mashq qilmoqda
19:25 / 23.11.2024
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
18:23 / 07.11.2024