Sport | 20:10 / 07.04.2019
9047
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» muhim o‘yinda yutqazdi va YeChL yo‘llanmasini xavf ostida qoldirdi

Angliya chempionatining 33-turida «Everton» «Arsenal»ni qabul qildi. Liverpuldagi «Gudison Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 10-daqiqada urildi. Mezbonlarning 36 yoshli himoyachisi Fil Jagelka raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan foydalanib to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi.

Bu g‘alaba «Everton» uchun APL o‘yinlarida qatorasiga uchinchi g‘alaba bo‘ldi. «Arsenal» keyingi 8 o‘yinda ilk bor mag‘lub bo‘ldi.

Endilikda «Everton» 46 ochko to‘plagan holda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarilgan. «Arsenal» mag‘lubiyat tufayli «Tottenhem»ni quvib o‘tib, 3-o‘ringa ko‘tarila olmadi va 63 ochko bilan 4-o‘rinda qolib, YeChLga yo‘llanma beruvchi «kuchli to‘rtlik»da mustahkamlanish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Keyingi o‘yinni «Everton» ligani tark etishi ma'lum bo‘lib ulgurgan «Fulhem»ga qarshi 13 aprel kuni o‘tkazadi. «Arsenal» 15 aprel kuni «Uotford» mehmoni bo‘ladi.

APL, 33-tur
Everton – Arsenal 1:0

Gol: 1:0 – 10 Jagelka.
Everton – Pikford, Zuma, Koulmen, Din, Jagelka, Bernard (Lukman, 88), Andre Gomesh, Guyye, Sigurdsson (Devis, 90), Risharlison (Uolkott, 79), Kelvert-Lyuin.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Monreal, Mustafi, Kolashinats (Obameyang, 46), El-Nenni (Remzi, 46), Genduzi, Mxitaryan, Meytlend-Naylz, O‘zil (Ivobi, 74), Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Genduzi (6), Papastatopulos (25), Andre Gomesh (50), Mustafi (82), Monreal (86).

Mavzuga oid