Jahon | 23:38 / 09.04.2019
11796
2 daqiqa o‘qiladi

Tailanddagi plyajlardan birida selfi uchun o‘lim jazosi belgilanishi mumkin

Tailandning Pxuket orolidagi Mai-Kxao-Bich plyaji mahalliy aeroport hamda sayyohlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi murosasiz bahsga sabab bo‘lmoqda. 

Gap shundaki, plyaj shundoqqina aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida joylashgan va ko‘plab dam oluvchilar bu yerga havo ko‘tarilayotgan yoki qo‘nayotgan samolyotlar fonida suratga tushish uchungina kelishadi.

O‘tgan hafta aeroport rahbariyati plyajning bir qismi yopilishi va “xavfsizlik hududida” suratga olish to‘liq taqiqlanishini e'lon qilgan. Ta'kidlanishicha, bu yerda suratga olish parvozning eng mas'uliyati qismida uchuvchilarni chalg‘itadi va halokatga olib kelishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, qoidabuzarliklar uchun jarimadan tortib agar ko‘p marta qaytariladigan bo‘lsa, o‘lim jazosi belgilanishi mumkin. 

Sayyohlarga, shuningdek, ushbu plyajda yorqin fonarlar va dronlardan foydalanmaslik tavsiya qilinadi. 

Mahalliy aholi va sayyohlar kiritilmoqchi bo‘linayotgan taqiqlovni bema'ni deb atashmoqda va hukumatni bunday keskin choralardan voz kechishga chaqirishgan. Ularning aytishicha, bu hududga sayyohlar oqimining keskin kamayishiga olib keladi va mahalliy kichik biznesga “zarba bo‘ladi”.

Mavzuga oid