Jahon | 00:32 / 13.04.2019
9163
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Assanjning “britan Guantanamosi”ga qamalganidan xabar topdi

Foto: REUTERS/Henry Nicholls

Britaniya politsiyasi tomonidan 11 aprelda hibsga olingan WikiLeaks asoschisi Julian Assanj London janubi-sharqidagi qat'iy tartibdagi turmaga joylashtirilgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan suddagi manbaga iqtibos keltirgan holda France Presse axborot agentligi xabar berdi.   

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist mahbuslar orasida “britan Guantanamosi” deb nom olgan “Belmarsh” turmasiga yetkazilgan.

Bu turma A toifadagi turmalarga tegishli bo‘lib, xavfli jinoyatchilar, jumladan terrorchilik faoliyatida gumon qilinganlar yoki u bo‘yicha sudlanganlar uchun mo‘ljallangan turma hisoblanadi.

Ushbu turmada o‘z vaqtida tarihdagi eng katta o‘g‘riliklardan birini sodir etgan Ronni Biggs, misrlik radikal mafkurachi Abu Hamza al-Masriy, Bosniya hududida etnik tozalashlarni tashkillashtirishda ayblangan serbiyalik Momchilo Kraishnik jazoni o‘tagan.

Boshqa bir ma'lumotlarga ko‘ra, Assanj London janubi-g‘arbidagi “Uandsvort” turmasiga jo‘natilgan. U bu yerda 2010 yilda garovga chiqarilishidan oldin 10 kun o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Bu turma B toifaga mansub bo‘lib, biroz yumshoqroq tartibga ega.  

Mavzuga oid