Jamiyat | 22:36 / 19.04.2019
21327
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 93 yoshli ayol qidirilmoqda

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, yaqinda boshqarmaga Facebook foydalanuvchisi Sevara Gulyamova Shayxontohur tumanida yashovchi 93 yoshli Klara Saidovnaga yo‘qotilgan pasporti o‘rniga yangi pasport olishda ko‘mak ko‘rsatish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, Ichki ishlar bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshkarmasi tomonidan Klara Saidovna nomiga 17 aprelda pasport rasmiylashtirilgan. Boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari keksa ayolga pasportni topshirgani uning yashash manzili bo‘yicha kelganlarida u yerda hech kimni topa olishmagan.

Shu sababli boshqarmada hozirda keksa ayolning qayerda yashayotganidan xabari borlardan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bilan quyidagi telefonlar orqali bog‘lanish iltimos qilingan: 71-230-38-18, 71-230-38-20 yoki 71-230-38-01.

Mavzuga oid