Penaltilar Superligasi. Joriy mavsumda 19-marta penalti belgilandi
Superliga 7-turining ochilish o‘yinida «Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Chempionat yetakchisining gollaridan birini Dragan Cheran penaltidan urdi. Hakam Jaloliddin Masharipovga qarshi qo‘pollik uchun «Metallurg» darvozasiga penalti belgiladi.
Cheran Superliganing joriy mavsumida belgilangan 19-penaltini golga aylantirdi. Bu har turida o‘rtacha 3 tadan penalti belgilanmoqda degani. «Navbahor» - «Bunyodkor» o‘yini bu borada eng sermahsul bo‘lib turibdi. O‘sha o‘yinda hakam 4 ta penalti belgilagandi.
19 ta penaltidan 17 tasi golga aylangan, ikki marta darvozabonlar 11 metrlik standartdan berilgan zarbalarni qaytarishgan. «Dinamo» posboni Botirali Ergashev «Surxon»ga qarshi o‘yinda Sherzod Karimovning, «Bunyodkor» darvozaboni Murod Zuhurov esa «Navbahor» hujumchisi Aleksand Kasyanning penaltidan bergan zarbasini qaytarishga erishdi.
Penalti tepish bo‘yicha «Paxtakor» yetakchilik qilmoqda. Arveladze shogirdlari 4 marta penalti tepib, har safar gol urishdi. «Paxtakor»ning penaltilarini 2 marta Dragan Cheran, 1 martadan Marat Bikmayev va Jaloliddin Masharipov golga aylantirishdi.
«Metallurg» bu borada ikkinchi o‘rinda. Bekobodliklar 3 marta penalti tepishgan. OKMK, «Navbahor», «Bunyodkor», «Qo‘qon-1912» kabi jamoalar 2 martadan, «So‘g‘diyona», «Andijon», «Surxon» va «Lokomotiv» bir martadan penalti tepgan. «Dinamo», «Buxoro», «Nasaf» va «Qizilqum» jamoalari hozircha penalti tepish «bahtiga muyassar bo‘lishmadi».
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024