O‘zbekiston | 00:51 / 06.05.2019
41175
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining "Sheremetevo" aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayishlarini tilab qolgan. 

“Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva-Murmansk reysi bo‘yicha uchgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti 5 may kuni kechki vaqt parvoz boshlangandan 28 daqiqa o‘tib Sheremetevo aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotning dvigatellaridan biri chaqmoq urishi oqibatida yona boshlagan. Shundan so‘ng samolyotni ortga qaytarishga qaror qilingan.

Samolyot murakkab ob-havo sharoiti sababli 2-urinishdangina qo‘na olgan. Samolyot qo‘nish vaqtida alanga ichida qolgan. Buning oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid