Jamiyat | 22:20 / 09.05.2019
15829
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qatag‘on qurbonlari xotirlandi

9 may kuni Toshkentda bir guruh o‘zbek ziyolilari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari «Mangu Turkiston» nomli ziyorat marosimlarini o‘tkazishdi.

Tadbir qatnashchilari istiqlol qahramonlari, ilg‘or g‘oyalar va erkinlik targ‘ibotchilari, istiqlol, taraqqiyot, erkinlik, imon, tilga hurmat ramzi bo‘lmish Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlari va sovetlar tuzumi davrida O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan Mirtemir Mirabdullayev qabrlarini, shuningdek, jadidlar g‘oyalari orqali o‘zbeklar nomini, tilini va madaniyatini jahon madaniyatiga qo‘shgan Abdulla Qodiriyning ramziy mozorini ziyorat etishdi.

Tadbir ishtirokchilari sovet tuzumi tomonidan qatag‘on qilingan jadid ziyolilarining portretlarini ko‘tarib, ularni xotirlashdi.

Ko‘kcha va Kamolon qabristonlarida marhumlarning haqiga Qur'oni karim tilovat qilinib, ular amalga oshirgan xayrli ishlar yodga olindi.

Shuningdek, shu kuni Toshkent shahridagi «Birodarlik qabristoni»da qatag‘on qurbonlari xotirlanib kichik aksiya ham tashkil etilgan.

Mavzuga oid