Sport | 14:33 / 22.05.2019
8760
2 daqiqa o‘qiladi

Eden Azarning ukasi klubini o‘zgartirdi

Belgiya terma jamoasi a'zosi, «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarning ukasi, so‘nggi mavsumlarda Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasida to‘p surib kelgan yarimhimoyachi Torgan Azar faoliyatini Dortmundning «Borussiya» klubida davom ettiradi.

«Borussiya D» 26 yoshli belgiyalik havbek bilan 5 yillik shartnoma tuzilganini e'lon qildi. Bitim shartlari hozircha ma'lum emas.

Transfer qiymati 40 mln yevroni tashkil etgani taxmin qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, Torgan menxengladbaxliklar tarkibida 2014 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. Uning bitimi muddati tugashiga bir yil qolgandi.

Azar Bundesliganing yakunlangan mavsumida 33ta o‘yinda qatnashib, 10ta gol urgan va 10 golga uzatma bergan.

Ushbu futbolchiga «Arsenal» va «Liverpul» klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bildirilgandi.

Mavzuga oid