«PSJ» Tomas Tuxel bilan shartnomani uzaytirdi
«Pari Sen-Jyermen» bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
45 yoshli nemis mutaxassisi bilan yangi bitim 2021 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Murabbiylar shtabining boshqa a'zolari bilan ham kelishuv muddatlari uzaytirilgan.
Tuxel 2018 yil iyun oyida «PSJ» boshqaruviga kelgan va 2 yillik shartnoma imzolagan edi.
Parijliklar klubi Tomas qo‘l ostidagi ilk mavsumida Fransiya chempionatida g‘olib chiqdi, birinchi divizionning barcha 38ta turida gol urgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
«PSJ», shuningdek, Chempionlar ligasini nimchorak, Fransiya liga kubogini chorak finaldan tark etdi, mamlakat kubogi finalida imkoniyatni boy berdi.
Tuxel mavsum davomida «PSJ»ni jami 55ta o‘yinga boshlab tushib, ulardan 40tasida g‘alaba qozondi, 7 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati – 149-52 (+97).
Mavzuga oid
11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
13:55 / 23.10.2024
«Real»da yana kambek, «PSJ» og‘ir vaziyatda. Kun o‘yinlari
23:12 / 30.09.2024