O‘zbekiston | 12:31 / 27.05.2019
39744
1 daqiqa o‘qiladi

Paxtachi tumani hokimi o‘zgardi

Xalq deputatlari Paxtachi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi va tumanda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy holatga tanqidiy baho berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu vaqtga qadar tuman hokimi bo‘lgan Vohid Sanaqulovich Rahimov lavozimidan ozod etildi. 2018 yil fevral oyidan buyon Samarqand viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Muzaffar Yazdonkulovich Hamdamov Paxtachi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Muzaffar Hamdamov 1980 yil Samarqand tumanida tug‘ilgan bo‘lib, avval viloyatda moliya va iqtisod sohasida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 2017-2018 yillarda viloyat g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Vohid Rahimov Paxtachi tumani hokimi vazifasida 2017 yil 19 avgustdan ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid