O‘zbekiston | 10:22 / 29.05.2019
11583
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda soxta bankrotlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq so‘zi online” tomonidan e'lon qilindi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma'qullangan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritildi:

180-modda (Soxta bankrotlik) birinchi qismining (Soxta tadbirkorlik, ya'ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

181-modda (Bankrotlikni yashirish) birinchi qismining (Xo‘jalik yurituvchi sub'yektning haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib ko‘rsatish yo‘li bilan iqtisodiy jihatdan o‘zining to‘lovga qodirligining yo‘qotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

181-1-modda (Qasddan bankrotlikka olib kelish) birinchi qismining (Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya'ni to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

Mavzuga oid