Light | 14:15 / 30.05.2019
16415
3 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya orollari: hordiq uchun qay birini tanlagan ma'qul?

Gretsiyada olti mingta orol bor. Ularga tashrif buyurish istagidagi sayyohlar soni ham har yili tobora ortmoqda. Buning sabablari ham talaygina.

Sayyohlarni Gretsiyadagi qaysi jihatlar o‘ziga jalb etadi? Gretsiyada 300 ga yaqin aholi yashaydigan orollar va undan ham ko‘proq dam olish maskanlari bor. Sayyohlar chiroyli qumli plyajlarga dam olish, afsona va ma'budlar shaharlarining tarixi bilan tanishish uchun boradilar.

Plyajlar, O‘rtayer dengizining iqlimi va mahalliy aholining mehmondo‘stligi – dam oluvchilar sonining ortishiga sabab bo‘ladigan jihatlar bu bilan yakunlanmaydi. Agar Gretsiya bilan tanishish uchun sayohatga otlanishga qaror qilsangiz, qiziqarli yo‘nalishlar bilan tanishing. E'tiboringizga ana shunday bir necha orollarni taqdim etamiz.

Foto: Wikipedia

Korfu

Eng mashhur orollardan biri. Korfu – elegant arxitektura, Vizantiya cherkovlari, gullar bilan bezatilgan keng maydonlar.

Foto: Wikipedia

Zakintos

Ko‘ngil ochishni istaganlar uchun eng yaxshi tanlov. Sarguzasht izlovchilar bu yerda qiziqarli plyajlar, ko‘rfazlar, yashil zaytun daraxtlari va uzumzorlarni tomosha qilishlari mumkin.

Foto: Wikipedia

Kefaloniya

Bugun mazkur joy mashhur emas, demak sayyohlar bilan «to‘lib-toshmagan». Kefaloniya - Ioniy dengizidagi yirik orol. Bu yerda havo rozmarin (xushbo‘y moy olinadigan buta) iforiga to‘yingan. Sayyohlarni chiroyli, qumli plyajlar va dengiz g‘orlari xursand qiladi.

Foto: Wikipedia

Lefkas

Orol eng go‘zal grek oroli deb tan olingan. Bu yerda ko‘plab muzeylar, cherkovlar va yodgorliklarning guvohi bo‘lishingiz mumkin. Orol ko‘pincha bosqinchilar ta'siriga tushib qolgan. Bu esa yorqin iz qoldirgan.

Foto: Wikipedia

Tasos

Bu Gretsiyaning eng shimoliy oroli. Joy qulay iqlimi, ko‘p sonli plyaj va ko‘rfazlari bilan dong‘i chiqqan.

Mavzuga oid