Xitoy AQShdan soya mahsulotlari sotib olishni to‘xtatdi
Soya sotib olish bo‘yicha dunyoda eng yirik xaridor bo‘lgan xitoy AQShdan ushbu mahsulotni sotib olishni to‘xtatdi, deb xabar berdi Blumberg agentligi o‘z manbalariga tayanib.
"Davlat don kompaniyalari sotib olishni davom ettirish uchun buyurtma olmadi va savdo muzokaralarida oldinga siljish bo‘lmagani bois bu kutilmayapti", - deb yozadi agentlik.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy dekabrdan buyon 13 million metrik tonnaga yaqin Amerika soyasini sotib olgan – o‘shanda AQSh Xitoy mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovlarini oshirishni vaqtincha to‘xtatib turgandi.
AQSh qishloq xo‘jalik vazirligining bildirishicha, Xitoy joriy yilda yana 7 million tonnaga yaqin Amerika soyasini sotib olishi lozim.
May oyi o‘rtalarida savdo bo‘yicha AQSh-Xitoy muzokaralari samarasiz yakunlandi. AQSh 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovini 10%dan 25%gacha oshirdi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024