Jamiyat | 15:00 / 04.06.2019
22173
1 daqiqa o‘qiladi

Penza yaqinida YTH: O‘zbekistonning sakkiz nafar fuqarosi jabrlangani aytilmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Rossiyaning Penza oblastida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan mikroavtobus va yuk mashinasi o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz inson jarohatlandi.

Rossiya OAV xabariga ko‘ra, avtohalokat bugun mahalliy vaqt bilan soat 09:10da sodir bo‘lgan. «Gazel» yuk avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan hamda Hyundai mikroavtobusiga kelib urilgan.

«Gazel» haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi, uning yo‘lovchilaridan biri, shuningdek Hyundai avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchilari jarohat oldi. Ularni Kuznetsk tumanlararo shifoxonaga olib ketishdi.

IIVning mintaqa bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, avtobus muntazam yo‘nalishli bo‘lmagan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, unda O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan bo‘lgan.

Voqea sodir bo‘lgan joy vaqtincha yopib qo‘yildi.

Mavzuga oid