Turkish Airlines aviakompaniyasi Turkiyaning eng qimmatbaho brendi bo‘ldi
2019 yilda Turkiyaning eng qimmatbaho brendi 2018 yildagi kabi 1,74 mlrd dollarlik narx bilan Turkish Airlines (Türk Hava Yolları, THY) aviakompaniyasi bo‘ldi. Bu haqda Anadolu Ajansı nashri Brand Finance’ga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Brand Finance xalqaro tahliliy kompaniyasi 12-marta Turkiyaning eng qimmatbaho brendlari yuztaligini e'lon qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, reytingda eng yuqori o‘rinni Turkish Airlines aviakompaniyasi egalladi.
2-o‘rinni 1,64 mlrd dollarlik narx bilan Ziraat Bank, 3-o‘rinni Garanti Bank (1,344 mlrd dollar), 4-o‘rinni Türk Telekom telekommunikatsiya kompaniyasi (1,185 mlrd dollar), 5-o‘rinni esa Turkcell uyali aloqa operatori (1,182 mlrd dollar) egallagan.
Keyingi o‘rinlarni İşbank (1,135 mlrd dollar), Akbank (934 mln dollar), maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Arçelik kompaniyasi (837 mln dollar), Yapı Kredi banki (647 mln dollar) va Turkiyaning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi Ford Otosan (458 mln dollar) egallagan.
Turkiyaning eng qimmatbaho yuz brendining umumiy qiymati 19,8 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Beşiktaş futbol klubi reytingning 38-o‘rnidan joy olib, turk futbolidagi eng qimmatbaho klub deb topilgan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024