Ukraina bosh prokurori Zelenskiyning uni bo‘shatishga haqqi yo‘qligini aytdi
Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning oliy radaga uni bo‘shatish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqqi yo‘qligini ma'lum qildi. U bu haqda Ukrainaning "theBabel" nashriga bergan intervyusida aytdi.
"Prezident meni bo‘shatish uchun taqdimnoma kiritish huquqiga ega emas. Meni bo‘shatish uchun ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizam yoki oliy rada deputatlarning menga nisbatan ishonchsizlik bildirishlari talab qilinadi", - dedi bosh prokuror.
Seshanba kuni prezident ma'muriyati rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka Zelenskiy radaga Lutsenkoni bo‘shatish to‘g‘risida taqdimnoma kiritganini ma'lum qildi. Avvalroq bosh prokuror yangi parlament shakllanmaguniga qadar lavozimini tark etmasligini bildirgandi.
Mavzuga oid
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024