O‘zbekiston | 21:15 / 14.06.2019
10688
2 daqiqa o‘qiladi

Prokuratura 2,5 mlrd so‘m ish haqini undirib berdi

O‘zbekiston prokuratura idoralari tomonidan 2019 yil o‘tgan 5 oyi mobaynida 920 fuqaroning kechiktirilgan 2,5 mlrd so‘m ish haqi, 52 fuqaroning 36,9 mln so‘m pensiyasi va 26 fuqaroning 12,4 mln so‘m nafaqa puli undirib berilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.   

Ma'lum qilinishicha, 2019 yilning dastlabki 5 oyida prokuratura organlari tomonidan ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida o‘tkazilgan 1.427ta tekshirish mobaynida 7.430ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan, noqonuniy huquqiy hujjatlarga 2.043ta protest keltirilib, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida 1.846 ta taqdimnoma kiritilgan. 
2.747 nafar shaxs intizomiy, 2.231 shaxs ma'muriy va 69 kishi shaxs moddiy javobgarlikka tortilgan. Buning natijasida 1 mlrd 377 mln so‘mlik zarar ixtiyoriy undirilgan, fuqarolik sudlariga 5 mlrd 783 mln so‘mni undirish haqida 1.006ta ariza kiritilgan, qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 39ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Prokuratura idoralari tomonidan mehnat qonunchiligi sohasida olib borilgan o‘rganishlar chog‘ida 1.089ta qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. Aholini ish bilan ta'minlashga oid qonunchilik ijrosi, ish o‘rinlarini yaratishga doir dasturlar va mehnat qonunchiligi ijrosi yuzasidan 144ta tekshirish o‘tkazilib, prokuror protestlari asosida mehnat qonunchiligiga zid bo‘lgan 427ta hujjat bekor qilingan, tegishli idoralarga 139ta taqdimnoma kiritilgan. Prokuror qarorlari va taqdimnomalari asosida 408 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 1ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid