Light | 14:30 / 20.06.2019
16720
3 daqiqa o‘qiladi

Muvaffaqiyatli va sog‘lom kishilarning 5 ta foydali odati

Ko‘pincha «chap tarafingiz bilan uyg‘onasiz» va kuningiz omadsiz bo‘ladimi? The Challenger erta tongdan faol, ishchan, xushchaqchaq bo‘lish uchun nima qilish kerakligi borasidagi maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi.

Foto: Unsplash

Barcha devayslarni chetga olib qo‘ying

Britaniyalik olimlar odamlarning 67 foizi hech qanday qo‘ng‘iroq kutmasa ham o‘z telefonini doimiy tekshirishini aniqlashgan. Ularda axborot muhitidan chiqib ketish qo‘rquvi mavjud. Nima bo‘lganda ham bu kunni boshlashning yaxshi usuli emas, sog‘liq uchun faqat zarar keltiradi. Tongda barcha qurilmalarni chetga olib qo‘yish va vaqtni sevimli kishilaringiz davrasida o‘tkazgan ma'qul. Bu nafaqat ijobiy his-tuyg‘ularga sabab bo‘ladi, balki oiladagi o‘zaro munosabatlarni ham yaxshilaydi.

Foydali yegulik tayyorlang

Kun davomida faol bo‘lishni istaysizmi? Blenderga meva, sabzavot, rezavor, ko‘kat, suv, yogurt, sut yoki sharbat soling. Bir daqiqada to‘yimli yegulik va desert tayyor (unga biroz suli qo‘shsangiz, tushlik ham bo‘lishi mumkin). Idishni o‘zingiz bilan olib keting va organizmni kun bo‘yi vitaminlar bilan to‘yintiring.

Foto: Unsplash

Badantarbiya qiling

Sport bilan shug‘ullanish aqliy faoliyatda o‘z aksini topadi va qondagi qand miqdorini muvofiqlashtirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, demak, faol, ijodkor, ishchan va nihoyat, bejirim qomatga ega bo‘lishda yordam  beradi.

Meditatsiya bilan shug‘ullaning

Ko‘plab tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, meditatsiya zo‘riqishning olish va fikr hamda hislarni tartibga solishda yordam beradi. Bundan tashqari, u salomatlik uchun ham foydali: meditatsiya immun tizimini mustahkamlaydi. Va albatta, kayfiyatni ko‘taradi va o‘z-o‘zini nazorat qilishni o‘rgatadi.

Foto: Unsplash

Kuningizni rejalashtiring

Taym-menejment va uni tasvirlaydigan kitob va usullar talaygina. Shunday ekan, o‘zingizga ma'qul kelganini tanlang. Muhimi – bugun qanday maqsadlarga erishishni istashingizni aniq bilish.

Mavzuga oid