O‘zbekiston | 19:35 / 24.06.2019
12523
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AKFA Medline tibbiyot markazi Qirg‘izistonda o‘zining vakolatxonasini ochdi

O‘zbekiston Respublikasining medturizmni rivojlantirish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunlariga to‘liq rioya qilgan holda AKFA Medline klinikasi qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik qilish yo‘llarini izlash tashabbuskori bo‘ldi va endi Qirg‘izistonda uchinchi vakolatxonasini ochdi.

20 iyun kuni Bishkekda AKFA Medline tibbiyot markazi vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yerda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilib, onkologiya, ginekologiya, urologiya, kardiologiya, neyroxirurgiya va ortopediya yo‘nalishlarida tekshiruv va maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

So‘ngra AKFA Medline klinikasining 15 kishidan iborat delegatsiyasi Hyatt Regency mehmonxonasida missiyasini davom ettirdi, unda AKFA Medline klinikasining direktori va shifokorlar nutq so‘zladilar hamda markaz faoliyati to‘g‘risida taqdimotlar qildilar.

Shuningdek, tibbiy markaz vakillari norasmiy muhitda muloqot qilish va Qirg‘izistonning faxriy shifokorlari, mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, shahar ma'muriyati xodimlari, deputatlar, elchilar va boshqa hurmatli mehmonlar bilan tashrif qog‘ozlari almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Vakolatxonaning ochilishi shahar aholisida katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu tadbir natijasida Qirg‘iziston fuqarolariga AKFA Medline klinikasida taqdim etilayotgan tibbiy xizmatlar to‘g‘risida ma'lumot berildi va Bishkekning yuqori lavozimli mulozimlari bilan barcha zarur masalalar muhokama qilindi. Tashrif yakunida Toshkent delegatsiyasi a'zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, AKFA Medline tibbiyot markazi Qozog‘iston va Tojikiston o‘z vakolatxonalariga ega, shuningdek, Afg‘oniston elchixonasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Eng yirik ko‘p sohali tibbiyot markazi tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha faol siyosat olib bormoqda va O‘zbekiston kelgusida tibbiy turizm bo‘yicha yetakchi davlatlari bilan raqobatlashishi uchun mamlakatimiz tibbiyotini jahon darajasiga ko‘tarishga hissa qo‘shmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid