Jahon | 09:10 / 25.06.2019
13359
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp kongress ruxsatisiz ham Eronga qarshi urush boshlashi mumkinligini aytdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp kongress ruxsatisiz ham Eronga qarshi harbiy harakatlarni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishga yetarlicha vakolatlarga egaligini aytdi.

U shu tariqa AQSh kongressi quyi palatasi spikeri Nensi Pelosining bayonotiga izoh berdi. Pelosining aytishicha, Tramp kongress ruxsatisiz Eronga zarba berish haqidagi qarorni qabul qila olmaydi.
 
AQSh prezidentining ta'kidlashicha, uning ma'muriyati “nima qilayotganidan kongressni doim voqif qilib turadi”.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, u Eronga zarba berishni ma'qullashga yaqin turgan, biroq buni qilmaslikka qaror qilgan.

Mavzuga oid