Karlos Gonning kirdikorlari tufayli Nissan’ga 22 mln dollar jarima solishmoqchi
Yaponiya fond bozoridagi kelishuvlar bo‘yicha nazorat komissiyasi Nissan sobiq rahbari Karlos Gon moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirgani uchun kompaniyaga jarima solish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Kyodo agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, jarima miqdori 2,4 mlrd iyen (22,4 mln dollar) bo‘lishi mumkin. Bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni Yaponiya moliya vazirligi qabul qiladi.
Karlos Gon o‘tgan yil noyabrida hibsga olingandi. Unga 11 yanvarda moliyaviy bitimlar haqidagi qonunni buzish va xizmat mavqeini suiiste'mol qilish bo‘yicha ayblovlar bildirilgan.
Mart oyi boshida Gonning yangi advokati uning garov puli va Yaponiyani tark etmaslik haqidagi tilxati evaziga ozod qilinishiga erishgan. Ammo ozodlikka chiqarilgandan bir oydan kamroq vaqtdan keyin yana panjara ortiga jo‘natildi.
Gonning navbatdagi hibsga olinishiga u tomonidan 2012 yildan ummonlik distribyutorga to‘lovlarning bir qismining o‘zlashtirilishi sabab bo‘lgan. Prokurorlar Gonni 563 mln iyenga (5 mln dollar) yaqin pulni o‘zlashtirganlikda gumon qilishmoqda.
Mavzuga oid
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:03 / 08.11.2024
Nissan savdolar tushib ketgani tufayli minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
21:25 / 18.03.2024