Iqtisodiyot | 12:42 / 04.07.2019
8812
4 daqiqa o‘qiladi

Milliy bank eksklyuziv mahsulot – Visa Infinite kartasining taqdimotini o‘tkazdi

2019 yil 3 iyul kuni O‘zbekiston Tasviriy san'at galereyasida O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba amalga kiritilayotgan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining eksklyuziv mahsuloti – Visa Infinite kartasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Visa Infinite Visa xalqaro to‘lov tizimining premium-karta segmentining yuqori toifasiga kiradigan eng “obro‘li” kartasidir. Eng talabchan mijozlarning ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Karta yuqori darajadagi imtiyozlarni taqdim etadi va uning egasi yuqori sinf xizmatiga ega bo‘ladi.

Visa Infinite kartasi imtiyoz va imkoniyatlari:

Shaxsiy konserj. Karta egalari chet elda ko‘p chiqqan holda ushbu xizmat ayniqsa kerak (Visa Infinite egalari uchun bu hayot tarzidir). Konserj sizga sayohatingizni to‘liq rejalashtirishga yordam beradi (chipta yoki charterni bron qilish, aeroportda uchrashuvni tashkil qilish va mehmonxonaga joylashishni nazorat qilish), restoranda joy buyurtiradi, teatr chiptasini sotib oladi, uyda xizmat qilish uchun xodimlarni tanlaydi, bo‘sh vaqtni tashkil qiladi, dunyoning istalgan nuqtasiga gullar va sovg‘alarni yetkazib beradi. Konserj xizmati quyidagi qoidaga muvofiq ishlaydi: «Barcha so‘rovlar qonuniy jihatdan to‘g‘ri va bajarilishi mumkin bo‘lgan hollarda, ko‘rib chiqiladi».

Lounge Key dasturi. Tanlangan aviakompaniya va parvoz chiptasi klassidan qat'iy nazar, dunyo aeroportlardagi 1000 dan ziyod kengaytirilgan va qulay biznes-zallariga kirish imkoniyati. Har bir kalendar yili uchun Visa Infinite kartasi bilan 6 ta bepul tashrif, har bir keyingi tashrif  buyurish $27 ni tashkil etadi.

Dunyo bo‘ylab aeroportlarda kuzatib borish xizmati. Ushbu xizmat dunyo bo‘ylab 270 aeroportda mavjud va yo‘lovchini samolyot trapidan to aeroportdan chiqishigacha bo‘lgan vaqtda kuzatib borish - tezkor pasport, bojxona va viza nazoratini tashkil etish, parvozni kutish vaqtida aeroportda qulaylik bilan joylashtirishni o‘z ichiga oladi.

Visa Luxury Hotels Collection. Bu butun dunyo bo‘ylab 900 dan ziyod noyob va eksklyuziv mehmonxonalar to‘plamidir. Bu yerda siz faqat maxsus maqom yoki «taklifnoma bilan» qolishingiz mumkin.

Premium takliflar dasturi. Visa Infinite egalari Visa maxsus takliflar dasturining 20 000 dan ortiq hamkorlari - savdo korxonalaridan – chegirmalar, sovg‘alar, xizmat ko‘rsatish sinfining oshirish imtiyozlariga ega bo‘ladilar.

Iste'molchilarni qo‘llab-quvvatlash global xizmati.  Favqulodda vaziyatlarda mijoz qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar:
- Axborot xizmati;
- Yo‘qolgan / o‘g‘irlangan kartani tezda bloklash;
- Yo‘qotilgan karta o‘rniga yangisini tezda chiqarish va naqd pul olish.

Tibbiy-huquqiy axborot xizmati. Kerakli emlashlar va viza talablari, yuridik xizmatlar manzillari va boshqa ko‘plab ma'lumotlar.

Xarid qilishni himoyalash va kafolat muddatini uzaytirish. Xarid shikastlangan, yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarida, sotib olingan kundan boshlab dastlabki 90 kun mobaynida, uning narxi yoki ta'mirlanishini qoplash, shuningdek, ishlab chiqaruvchining kafolatiga qo‘shimcha 24 oy kafolat berish.

Sayohat vaqtidagi to‘liq sug‘urta. Visa Infinite egasi va uning oila a'zolaridan 5 nafari chet eldagi barcha turdagi xatarlar uchun (1 mln. AQSh dollarigacha) sug‘urta qilinadi.

«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati

Mavzuga oid