Shaxsga doir ma'lumotlar bo‘yicha javobgarlik choralari belgilandi
Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, shaxsga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish:
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 so‘mdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha (10 mln 136 ming 500 so‘mgacha) jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mazkur javobgarlik choralari 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
16:16 / 29.11.2024
«Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonun imzolandi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024